Polvon bilan uchrashuv

Date:

Surxonlik alp o‘g‘lonlar bolaligidan olishib, kuch sinashib ulg‘aygan bu go‘shada dovrug‘i dunyoga ovoza bo‘lgan polvonlar yetishib chiqqan va chiqaveradi. Ular erishgan yutuqlar faqat ularning o‘zigagina tegishli emas, bu xalqning, Surxon elining, butun bir yurtning g‘alabasi. Yutuqlarga esa shunchaki erishib bo‘lmaydi. Uning ortida tinimsiz mehnat, mashaqqat va qiyinchiliklar yotadi. Ana shunday sinovlarda toblanib, sher kabi raqibining kuraginni yerga tekkizib, afsonaviy kurashchi sifatida e’tirof etilib kelinadigan Abdulla Tangriyevning kurashda erishganlari bir kitobga jam bo‘lgulik. U sportga, kurashga mehr qo‘ygan yoshlarning sevimli qahramoni.

Angor tumanidagi 14-umumta’lim maktabida sportning kurash va dzyudo turi bo‘yicha bir necha bor jahon chempioni Abdulla Tangriyev bilan tashkil etilgan uchrashuv esa intiqlik bilan kutilgan diydorlashuv edi. Tadbirda o‘qituvchi-murabbiylar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Abdulla Tangriyevning sport olamiga kirib kelishi, erishgan mufaqqiyatlari va buning zamiridagi mashaqqatli qadamlari barcha uchun qiziq edi. Kurashchi bu haqida to‘xtalar ekan qiziqarli voqealardan so‘zlab berdi. Sinovli kunlar har qanday insonni toblashi, xulosa chiqarishida maktab vazifasini o‘tashi haqida to‘xtaldi.
Qiziqarli va sermazmun savol-javoblar esa barchada katta taassurot qoldirdi. Mana shunday mashhur sportchilar bilan uchrashuvlar tez-tez tashkil etilar ekan, bilagida kuchi, yuragida o‘ti bor alp yigitlar orasida, albatta, yaqin kelajakda Abdulla Tangriyevlar yetishib chiqishiga shubha yo‘q.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

INKLYUZIV RIVOJLANISH YO‘LIDA

Inklyuziya haqida gap ketganda, nogironligi bor insonlarni bir ko‘zda...

337 nafar fuqaro ilk marta saylandi

Mavzuning ikir-chikirigacha bilgan insondan olim chiqadi, hayotning mazmun-mohiyatini anglagan...

30 yillik sarhisob kuni

Partiyalar xalq manfaatini ko‘zlaydi. O‘z saylovoldi dasturidan kelib chiqib,...

Qamrovi keng, aloqalari mustahkam, do‘stligi abadiy

Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati, Kulob shahrida “Xatlon — turizmning...
KunTun
KunTun