“Qorasuv”da rais saylandi

Date:

Xalqni o‘ylaydigan, muammo va masalalarni bartaraf etib, ularning turmush sharoitini yaxshilashga, farovonlashtirishga o‘z hissasini qo‘sha oladigan fidoyi va tashabbuskor nomzodgina xalqqa bosh bo‘lsa nur ustiga nur, aks holda fojiamiz ham shu bo‘ladi.

Fuqarolar esa o‘z huquqlarini yaxshi anglaydi va undan yetarlicha foydalana oladi. Buni respublikamiz bo‘ylab ayni paytda qizg‘inlik ila davom etayotgan mahalla raisi (oqsoqoli) saylovi jarayonlarini kuzata turib ham yaxshi anglash mumkin.
To‘g‘ri, saylash va saylanish erkin. Ammo, saylash erkin ekan deb uyda o‘tirish o‘rniga jarayonga dahldorlik hissi ila saylovga oshiqishayotganlar kishini xursand qilmay qolmaydi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Angor tumanida ham fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘lib o‘tayotir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonuni talablariga asoslangan holda “Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘inida saylov bo‘lib o‘tdi.
Saylovda saylash vakolatiga ega bo‘lgan 220 nafar vakilning 191 nafari faol ishtirok etib, mahallaning kelajagi va uning kelgusi uch yildagi faoliyati uchun ovoz berdi. Uch nafar nomzod ishtirok etgan saylovda 141 nafar saylovchining ovozini to‘plagan, “Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘inini 6 yildan buyon boshqarib kelayotgan Rustam Fayziyevning mehnati yerga qolmay, ovoz natijalari bo‘yicha ustunlikni qo‘lga kiritdi va yana ushbu mahallaga rais etib saylandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun