“Pulhokim parranda”ga 34 kishi joylashdi

Date:

Mehnat qilib topilgan rizqda baraka ham bo‘ladi, ustiga ustak kundalik turmushdagi maishiy muammolar ham o‘z o‘zidan chekinadi. Ishi, muqim daromad manbayi bo‘lgan fuqaro ham daromad topadi, ham ishga ovunadi, shu orqali hayoti yaxshilana boradi. Mehnatning qadrini ayniqsa, doimiy vaqtini mehnat qilib rizq terishga sarf etadiganlar yaxshi bilishadi.

Bitta bo‘lsa-da aholini ishli qilish esa bugungi kunning dolzarb masalasi. Mutasaddilar ham bu borada tunu kun harakatda.

Bandlik masalasida boysunliklar yangi ishga bosh qo‘shishdi. 

Boysun tumanidagi “Pulhokim” mahallasida “Pulhokim parranda” ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi bandlik jamg‘armasi tomonidan subsidiya asosida 82 million 600 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ushbu mablag‘ni  “Pulhokim” mahallasida yashovchi kooperativ a’zoligiga qabul qilingan 34 nafar ishsiz fuqarolarga har biri uchun 2 million 700 ming so‘mdan subsidiya ajratilib, ularning har biriga 50 donadan tovuq ajratildi. Shuningdek, ushbu jonivorlar ozuqasi uchun 50 kilogrammdan yem mahsulotlari ham yetkazib berildi.

Bundan tashqari, doimiy tarzda yem mahsulotlari hamda zootexnika ishlari amalga oshirilib boriladi. Shuningdek, fuqarolar  o‘z-o‘zini band qilgan holda, 5 yil davomida ushbu kooperativda faoliyat yuritadi hamda faoliyatini kengaytish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun