Formaga qaytamiz…

Date:

Maktab partasida, o‘quvchilik formasida o‘tirib ilk saboq olish, bilim orttiritishning ham o‘z gashti bor. Ammo cho‘ntagi “havodan” qappayadiganlarning bolalari ba’zi holatlarda belgilangan formadan ortig‘iga oshiqadi. Bu esa o‘rtahol yoinki imkoniyati cheklngan oilalar farzandlariga istaymizmi, yo‘qmi ta’sir etadi. Sherigi birni kiyib, birni alishtirib maktabga “libosini ko‘z-ko‘z etib” kelaversa, boshqa bolalarda ham yangidan yangi kiyimlar kiyib maktabga kelishga havas uyg‘onishi tabbiyda, axir hali ular o‘z oti bilan bolada.

Keyin nima bo‘ladi? Uyda to‘polon, falon kiyimni olaman sattor, deb dod soladigan bolalarning oila boshilarning boshi “arining ini”ga tiqiladi-qoladi. Biroq, bizning maktablarda bu kabi mash-mashalarga yo‘l qo‘yilmaydi. Buni hukumat qarori ham tasdiqlab qo‘ydi.

Hukumat qaroriga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan davlat maktablarida oʻquvchilar uchun maktab formasi toʻliq joriy etiladi (ilgari 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi).

2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida, 2022/2023 oʻquv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan sotib olinishida koʻmaklashiladi.

Shuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning  savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Bu esa shu yo‘nalishda faolyat yuritaman degan tadbirkorlar sonining ortishiga va mahsulot tan narxining pasayishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Eslatib oʻtamiz, davlat maktablari oʻquvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015-yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun