Velosipedchilar zimmasiga yangi mas’uliyat yuklandi

Date:

Xoh ulovda, xoh piyoda bo‘laylik, yo‘lda ogoh va sergak bo‘lish, qoidalarga rioya etish o‘zimiz va o‘zgalar hayoti uchun ham mas’ullikni anglatadi. Piyodalar o‘tish joyidan o‘tmagan yo‘lovchi uchun ham ogohlantirish, jarima jazolari qo‘llaniladi. Xuddi shunday haydovchining-da, majburiyatlari qonun-qoidalar asosida tartibga solingan.
Ho‘sh, velosipedda harakatlanayotganlar uchun ham Yo‘l harakati qoidalarida qaydlar bormikan? O‘z navbatida avtomashina va velosiped bilan bog‘liq avtohalokatlar, velosipedchi mashina bilan to‘qnashgani…, velosipedchi yuk mashinaning ostiga kirib ketishi oqibatida halok bo‘lgani… haqidagi xabarlar kishini sergaklantiradi.
Ana shunday halokatlarning oldini olish maqsadida Yo‘l harakati qoidalariga ba’zi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo‘lishi zarur.
Velosipedchilar sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.
Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan boshlab amalga kiritiladi. Bu o‘z navbatida har qanday ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun