Saljuqiylar oltin dinori topildi

Date:

Tomorqangizda ekin-tikin ishlari bilan band bo‘lib, behosdan belkuragingiz qattiqroq narsaga tegsa-da, qiziqsinib kovlasangiz, oltin chiqsa… bunday xayollarni ko‘p sahnalashtirganingiz aniq. Ammo, Termiz tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyevda xuddi shunday bo‘ldi. Bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan sariq metall parchasini topib oldi-yu, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi.
Tuprog‘i zar, biz bilgan va bilmagan topilma-yu boyliklarga ega bu makon. Murojaatga “labbay” degan javob ila mutaxassislardan iborat guruh topilma aniqlangan joyda dastlabki ish jarayonini olib bordilar. U.Eraliyevning bog‘idan Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari ham topildi. Demak, o‘z-o‘zidan anglashiladiki, o‘sha sariq metal parchasi Saljuqiylar davriga oid oltin dinor. Bu muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgandayoq ravshanlashgan.
Mutaxassilarning aytishicha, oltin dinorning old tomonida “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan bo‘lsa-da, lekin yaxshi saqlanib qolgan. Tanga, ya’ni oltin dinorning og‘irligi 1,92 gramni tashkil qilgan.
U.Eraliyev qimmatbaho topilmani Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgandan so‘ng, unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berilgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun