Eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanildi

Date:

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Angor tumanida bo‘lib, dastlab tuman hokimi Qosim Mardonov bilan birgalikda “Bahor” mahallasida tashkil etilgan “Sarvar-Surxon-Angor” fermer xo‘jaligidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport jarayoni bilan tanishdi.
Mazkur fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 8,5 gektardan iborat. Fermer xo‘jaligi dala maydonida yetishtirilayotgan karam, qizil lavlagi, daykon kabi 10 turga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.
Tanishuvdan so‘ng, Sherzod Kudbiyev “Angor baraka” savdo majmuasida viloyatdagi iqtisodiy kompleks hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subektlari rahbarlari bilan uchrashdi. Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun