PIYODALAR YO‘LAKCHASI O‘RNATILDI

Date:

Jarqo‘rg‘on tuman markazida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari havas qilarli. Ayniqsa, tuman markazi sanalgan O‘zbekiston ko‘chasida tunda ham kunduzi yurgandek sayr qilish mumkin. Toza va ozoda ko‘chalar, tungi yoritgichlar bahri dilingizni ochadi. Piyoda yurib, atrofdan zavqlanib, oyoqlaringizning chigilini yoyish sihat uchun ham foydali.

Ammo, manzilingiz katta ko‘chaning u betiga ulansa, piyodalar yo‘lagi qidirib esi ketadiganlar ham bore di. Bu obodlikka, tartib-qoidalarga ziddek, biroz ta’bni xira qiladigan holat edi. buni yaxshi payqagan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Jiyanov tuman Yo‘llaridan foydalanish unitar pudrat korxonasiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi. Qisqa muddatda so‘rovning ijrosi bo‘yicha M-41 avtomobil yo‘lining 1581-kilometriga piyodalar o‘tish yo‘lagi o‘rnatildi. Bunday xayrli va xalq mushkulini oson qiladigan harakatlar davom etayotir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun