Surxon qizi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Date:

Shaxmat o‘ynash keksalarda altsgeymer kasalligini ortga sursa, yoshlarda aqliy salohiyatni rivojlantiradi. Shaxmat doskasidagi har bir yurish, sodir bo‘layotgani, albatta, puxta o‘ylangan, shohni mot qilish uchun tashlangan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida qiyosiy tahlil rivojlanadi. Xotira charhlanib, farq va o‘xshashlik taqqoslanadi. Shaxmat aslo matematik emas, balki ijodiy o‘yin. Mohir shaxmatchi bo‘lish, insonni faqat shaxmatda emas, boshqa va barcha sohalarda ham muvaffaqiyat keltiradi. Vohada-yu respublikada shaxmatchi sifatida yaxshigina charhlangan shaxmatchi qiz Umida Omonova ana shunday muvaffaqiyatlarlarga o‘z harakat va tinimsiz mehnati evaziga erishib kelayotir.

Gretsiyaning Rodos shahrida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida vohadoshimiz Umida ham bor edi. U o‘z ishtiroki bilan shaxmat orqali o‘z imkoniyatlarini namoyon etdi va g‘oliblik pillapoyasidan eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. U 16 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda ham rapid, ham blits yo‘nalishlarida jahon chempioni bo‘ldi. U maksimal 9 baldan 8,5 ball to‘pladi va o‘z yoshi toifasida jahon chempioni bo‘ldi. Aytish kerakki, jahon chempionatida dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi. Ularning har biri kuchli, salohiyatli va shaxmatda mohir edi deyish mumkin.

Umida Omonova yosh bo‘lishiga qaramat 2 karra jahon chempioni, 2 karra jahon chempionati sovrindori, 10 karra Osiyo va 14 karra O‘zbekiston chempioni. Xalqaro toifadagi Fide “WFM” ayollar sport ustasi hamda Respublika terma jamoa a’zosi. 2021-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun