Surxonlik alplar bo‘sh kelmadi

Date:

Barchin Ko‘kamanning belbog‘idan tutgancha, “Yo pirim” deya bir ko‘tarib yerga urganida o‘zbekning qizi qanday bo‘lishini qalmoqlarga ko‘rsatib qo‘ygandi. Barchin momom avlodiman degan borki, bugun ham maydondan chiqqan emas, bir erkakdan qolishmay, kuragini yerga tekkizmay, or uchun, sha’n uchun kurashyapti. Xorazm viloyatining Urganch shahrida ham sportning kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ana shunday kurashchilar jam bo‘ldi.

Kurash to‘rt kun davom etdi. Kuchlar murosasiz sinaldi. Zo‘rlar saralandi. O‘zbekistonning barcha hududlarining “zo‘rman” degan kurashchilar ha-deganda yengilmadi. Yerga bag‘rini bermay kurashdilar. Surxonlik alplar ham bo‘sh kelmadi. Munosib ishtirok etib, shoxsupaning yuqori pog‘onalarini egalladilar.
Jarqo‘rg‘on tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sportchilari Abdulaziz Jo‘rayev, Komila Qahhorovalar 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun