Bayram — xushkayfiyat bag‘ishladi

Date:

Yurtimizda oltin kuz fasli hukmron. Ayni pallada mevalar g‘arq pishib, ayni hosil yig‘ib-terib olinadigan vaqt. Bolajonlarni foydali, vitaminlarga boy mevalarni iste’mol qilishga undash bilan birga, ularni parvarishlash, isrof qilmaslikka ham o‘rgatish lozim. Har faslning go‘zalligi, foydali xususiyatlarini uqtirish ham foydadan holi emas. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Oltinsoy tumanidagi 27-sonli DMTTda katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan “MEHRJON” bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram ajoyib va qiziqarli o‘tdi. Asosiysi, bolajonlar o‘zlari yodlagan she’rlarini ifodali o‘qidilar. Bayramga tayyorlagan tuhfa sifatida sho‘x-shodon qo‘shiqlarga raqsga tushdilar. Ayniqsa, bolajonlar oʻrtasida quvnoq startlar musobaqasi ularga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun