Don ekish ishlari oldidan…

Date:

Ayni muddat g‘alla ekish fursatidir. Fursatni boy bermagan fermer va dehqonlar dalalarda harakatlarni boshlab yuborishgan. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 2025-yilgi g‘alla hosili uchun don ekish ishlariga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etdi. Viloyat rahbari fermerlar bilan suhbatda bo‘lib, ularga yerlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzgi boshoqli don ekinlarini qisqa muddatda sifatli ekish, sug‘orish va to‘liq undirib olish muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, seminarlarda paxta yig‘im-terim ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi. Paxta terimi jarayonlarini jadallashtirish, mehnat resurslarini samarali taqsimlash va texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Paxta maydonlarida mavjud hosilni nest-nebud qilmasdan terib olish vazifalari belgilab olindi.
Mazkur tadbirlar viloyat qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘lib, 2025-yilgi hosilning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun