Turkiyalik islomshunoslar tashrif buyurdi…

Date:

Termiz shahrida17-18-oktyabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizasiyasida tutgan o‘rni” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tishi reja qilinganidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli anjumanda yurtimizdagi taniqli islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarimiz bilan birga dunyoning o‘nga yaqin mamlakati, jumladan, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan ellikdan ortiq taniqli olim-u ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirda qatnashish uchun shu kunga qadar Turkiyaning 16 ta universitetidan 30 dan ortiq islomshunos olimlar viloyatimizga tashrif buyurdi. Bugun mehmonlar Al Hakim at-Termiziy va Imom Termiziy qadamjolarini ziyorat qilishayotir. Aytish joizki, xalqaro anjuman ishtirokchilarining viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun