Sharafli burch qasamyodi

Date:

Vatanga xizmat qilish har bir er yigitning muqaddas burchidir. Vatan oldidagi qasamyod esa ularga yana bir karra mas’uliyat yuklaydi.

Vatanga munosib xizmat qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifaga kirishar chog‘ida er yigitlar vatanga qasamyod qiladi.

DXX chegara qo‘shinlari Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarda Vatan oldidagi muqaddas burchini ado etish uchun turli viloyatlardan kelgan muddatli harbiy xizmatchilar “Vatanga qasamyod” qabul qildilar.

– Bugun xalqimga va Prezidentimga sadoqatim bilan xizmat uchun qasamyod qabul qildim, bu men uchun katta sharaf, – deydi oddiy askar Jasurbek Mo‘minov. – Safdoshlarimning “Qasamyod qilaman” deguvchi so‘zlari ko‘ngilimni hayajonga to‘ldirdi. Yoshlikdan harbiy bo‘lishni orzu qilardim. Harbiylarning yurish turishi, tartib intizomi, jamiyatda tutgan o‘rni men uchun har doim ibrat bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham harbiy xizmatga oshiqdim. Arzimas xizmatlarim ila vatanim koriga yarasam, murodimga yetgan bo‘laman.

Tadbir so‘nggida mehmonlarga harbiy xizmatchilar tomonidan qurol aslahalar, xizmat hayvonlar va jangovar tayyorgarlik jarayonlaridan iborat ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun