“Boysun bahori” Quvaytning “Q8-Press”i e’tiborida

Date:

Ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak, bu yilgi “Boysun bahori” festivali joriy yilning 7-8 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Dasht qo‘ynida qiqirlagan qizg‘aldoqlardan tortib, Boysunning har go‘shasidan sado berayotgan ushbu festivalning zavqi ham ishtiyoqi ham boshqacha baribir. Buni faqatgina bir bor bo‘lsa-da festivalda qatnashib, jarayonlardan boxabar bo‘lganlar yaxshi biladi.

Entikib milliy qadriyatlarni, an’analar tarannumini sog‘ingan dillar uchun yana bir bor o‘zgacha jilva bilan namoyon etiladigan “Boysun bahori”ga ham tobora oz muddat qolmoqda. Shahar shovqinidan zerikkan, zamonaviylik burqsigan hayotdan biroz esa-da chalg‘ishga umid bog‘lagan, milliy qadriyatlarimizni qo‘msagan borki, ushbu damni orziqib kutmoqda.

Mahalliy sayohatchilar tugul xorijiy davlatlarda ham ushbu festivalga qiziqish yuqoriligini “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali haqidagi iliq fikrlar xalqaro nashrlarda ham e’lon qilinayotganida ko‘rishimiz mumkin.

Quvaytning “Q8-Press” gazetasida Padang kengliklarida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” milliy an’analar va folklor festivaliga bag‘ishlab maqola chop etildi.  

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun