Kurash — bu asli halollik!

Date:

Esimda, qiz bola bo‘lishimga qaramay men ham kurash tushishga qiziqardim. Ukamlarni ko‘rpacha ustiga yonbosh qila olsam g‘alaba meniki edi. Chunki kurashni yaxshi bilmasdimu ammo qiziqardim. Ukalarim esa kurash sirlarini o‘rganish uchun to‘garakka qatnardi. Onam esa ukamlar bilan oramizda bakovullik qilib, g‘irrom kurashmanglar, deya motivatsiya berib turardi.

Kurashda faqat halollik yarashadi, asli bu hayotning o‘zi kurashdan iborat, unda halol bo‘lish esa inson ma’naviyatiga, tarbiyasiga bog‘liq, deya kurash asnosida hayotdagi tushunchalarni ham qalbimizga singdira borardilar.

“Halol”, “yonbosh”, “chala” kabi chaqiriqlar bugun butun dunyoda yangrayotgani ham bizda sportga bo‘lgan e’tibor kuchayganidan, kurashning dunyo miqyosidagi sport turiga aylanganidan dalolatdir.

Hech bir sportchi birdaniga katta-katta chempionatlarga chiqib, yuqori natijalarni qayd etavermaydi. Avval boshdan kichik-kichik musobaqalarda o‘zini chiniqtirib borgan, suyagi kurashda qotgan sportchilargina jahon arenalarini zabt etishga-da qodir bo‘ladi. Shuning uchun ham vohamizda tez-tez kurash musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Qumqo‘rg‘on tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning  milliy kurash turi bo‘yicha 14-30 yosh o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Prokuror kubogi uchun o‘tkazilgan ushbu musobaqalar er yigitlarning kuch va mahoratlarini gilamda sinashiga yana bir imkoniyat demakdir.

Musobaqada ishtirok etgan polvonlar 7 ta vazn toifasida gilamga  tushdi.

200 dan ortiq yoshlarni qamrab  olgan ushbu musobaqa yakunidan g‘oliblar taqdirlandi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun