“Madaniyat va san’at xodimlari kuni” nishonlandi

Date:

Eshitganim bor, qaysidir bir mashhur aktrisa uyida qayin onasi vafot etgan bir pallada spektaklda jonli ijroda kulgili obrazda chiqish qilishi kerak bo‘lib qolgan taqdirda ham yuragi yig‘lay turib, u o‘z rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan ekan. Spektakl tugashi bilan janozaga oshiqqan. Bu ham aslida bir qahramonlik.

Hayotda shunday insonlar borki, ichida dardi, yuragida kemtiklari bo‘lib tursa ham vazifasini oliy burchi deb biladigan, qalbi titrab tursa-da, odamlarning ko‘nglini ko‘tarishga, xursandchilik ulashishga oshiqadi. Sharafli va mashaqqatli kasblardan biri — bu shubhasiz, xalq madaniy saviyasini ko‘tarishga xizmat qiluvchi soha xodimlaridir. Ular uchun oltinu zardan ko‘ra, odamlarning olqishi, ularni davralarda xush kutib olishining o‘ziyoq yuksak e’tibor.

Sariosiyo tuman Madaniyat uyida 15 aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tuman madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini oshirish borasida fidokorona mehnati, yoshlarning musiqa va san’at yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy iste’dodlarini yuzaga chiqarishdagi qo‘shayotgan munosib hissasi uchun bir guruh madaniyat xodimlari tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimidan so‘ng madaniyat xodimlari jamoasi tomonidan bayramona konsert dasturi taqdim etilib, barchaga quvonch ulashdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun