Qo‘rg‘onlarda qo‘nim topar Surxonim

Date:

“Boysun bahori”ning asosiy bayram tomoshalari 7-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, undahar bir tuman folklor dastalari uchun alohida joylar ajratilgan. Ular odatdagidek faqatgina o‘tov tikib, milliy liboslarini namoyish etib qolmasdan, bu yilgi festivalda alohida qo‘rg‘onchalarda hududidan yetishib chiqqan allomalar, qahramonlar hayoti va faoliyatini aks ettirgan va o‘sha davr qiyofasini gavdalantirgan sahna ko‘rinishlari bilan ham mahalliy va xorijiy sayohatchilarga milliy qadriyatlarimizni yana bir bor ko‘z-ko‘z etadi.

— Bu yilgi “Boysun bahori” festivalida ishtirok etadigan, badiiy-ijodiy chiqishlari bilan bahs boylashadigan 15 ta folklor jamoaning dasturi tanlab olindi, —deydi viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali ijodiy guruhi a’zosi T.Yo‘ldoshev. — Shuningdek, xorijdan tashrif buyuradigan folklor jamoalar ham mazkur bahslarda ishtirok etib, xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi. Ular orasidan festivalning tantanali ochilish marosimida ishtirok etadigan ijodiy jamoalar saralab olinadi.

Mutasaddilarning aytishicha, festival oldidan nomoddiy madaniy meros mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi. Xalqaro festival doirasida nafaqat, nafis folklor san’atimiz, balki boy madaniyatimiz, etnografiya va qadimiy sport o‘yinlarimiz ham keng namoyish etiladi. Xotin-qizlar uchun o‘ndan ortiq tadbir uyushtirilib, ayollar baxshichiligi, chanqovuz chalish, jamalak o‘rish, qirqkokil, milliy ipaklar, qadimiy milliy kiyim-kechaklar ko‘rgazmasi singari nafis madaniy meroslarimiz namoyish qilinadi. Milliy hunarmandchilik buyumlari namoyishi va savdosi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Festivalga kiritilayotgan yana bir muhim jihat, “Elimiz taomlari” nomli ko‘rgazma namoyish etilishidir. Bu ayniqsa, xorijdan kelayotgan mehmonar uchun o‘ziga xos yangilik bo‘ladi. Shifobaxsh tog‘ giyohlaridan tayyorlanadigan hamda surxoncha tandir kabob, yupqa, g‘ilmindi kabi turli taomlar joy oladigan mazkur ko‘rgazma ham qadriyatlarni ulug‘lash vositasi demakdir.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun