150 nafar poytaxtlik shifokorlar vohada mehmonda bo‘lib turishibdi

Date:

Inson salomat bo‘lsa, ishida ham unum, uyida ham baraka bo‘ladi. Hayotdan rozilik hissi ustuvor bo‘ladi. Shuning uchun ham tan sihatlik tuman boylik, deya bejiz aytilmagan bo‘lsa kerak.

Darhaqiqat, aholi salomatligi muhim masalalardan bo‘lib keladi. Yengil-yelpi kasalliklarniku u-bu dori-darmon bilan davolash mumkindir, ammo vaqti o‘tib ketgan, og‘ir asorat olib keladigan, jarrohlik amaliyot o‘tkazilishi zarur ba’zi kasalliklar ham borki ularni vaqtida aniqlanmasa, tibbiy tekshiruvlar malakali tarzda o‘tkazilmasa, keyin kech bo‘lishi mumkin. Biroq hamma ham sihat-salomatligini yuqori malakali tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga mablag‘ ajrata olmaydi. Natijada kasallik avj oladi. Bir inson hayoti izdan chiqadi.

Biroq jamiyat hech kimni e’tiborsiz tashlab qo‘ygan emas.

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati, ixtisoslashtirilgan markazlar hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-shifokorlari, jami 150 nafardan ortiq mutaxassislardan iborat guruh viloyatimizga tashrif buyurdi.

Aholini qiynab kelayotgan, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj kasallarni aniqlash va ularda bepul tibbiy amaliyotlar o‘tkazib, davolash ishlarini olib borish maqsadida Toshkent shahridan tashrif buyurgan malakali shifokorlar guruhi Termiz tumanida ham bo‘lishib, aholini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tegishli tashxislar qo‘yish va davo muolajalarini tavsiya etish hamda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar aniqlandi va ularga tegishlicha yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun