Qurilishga start berildi

Date:

O‘z imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalansak, jahon bozorida o‘z o‘rnimiz va nufuzimizga ega bo‘lamiz. Biz ishlab chiqargan mahsulotlarning talabgorligi oshib, o‘z brendimizni tanitishga, mashhur qilishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lamiz. Holbuki, oddiygina mol terisini go‘shtidan ajratamiz-da, og‘ilxonamizda yoki duch kelgan yerga uloqtiramiz. Asosiysi, go‘sht deb o‘ylaymiz-da. Aslida o‘sha biz e’tibor bermaydigan teri charm sanoatida bizga katta daromad keltirishini, minglarimiz milliardlarga aylanishini xayolimizga keltirmaymiz. Endi esa bunday o‘ylaydigan, fikrlaydigan zamonlar o‘tdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanish vaqti keldi.
Angor tumanining Bahor mahallasida Prezidentimizning belgilab bergan topshiriqlariga asosan charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasini amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad ham shu aslida. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida Angor tumanida bo‘lib, ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Bahor” charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi qurilishiga start berildi.
Viloyat rahbari loyihani amalga oshirish, undan kutilayotgan natijalar hamda yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Mas’ullarga ishlarni sifatli amalga oshirish, loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun