Foydali va maqsadli loyihalar ish boshlamoqda

Date:

Bugun o‘zgarishlar, yangilanishlar ostonasida turibmiz. Eng muhimi, har bir hududda tadbirkor va ishbilarmonlarni jalb qilgan holda, yangidan yangi loyihalarga start berib, buning natijasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlantirish, bo‘sh ish o‘rinlarini tashkil etib, ishsizlarni ish bilan ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ahamiyatli. Ayni maqsadlarda hududlarda bo‘lib yurgan viloyat rahbari foydali va maqsadli loyihalar bilan tanishish asnosida ularning boshlanishida bevosita ishtirok ham etib, zaruriy tavsiya va topshiriqlar ham berib kelmoqda.
Viloyat rahbarining tashrifi Qiziriq tumanida davom ettirib, tumandagi “Takiya” mahallasida “Surxon Goad farm” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan echkichilik fermasi va sutni qayta ishlash kompleksi loyihasi bilan tanishildi. Umumiy qiymati 6 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida Ispaniyadan sut yo‘nalishida boqiladigan zotdor echkilar olib kelinmoqda. Ushbu zotning yana bir afzallik tomoni tez ko‘payishi bo‘lib, mahalliy iqlim sharoitlariga moslashuvchanligida.
Viloyat rahbari shu yerning o‘zida mahallalarda kooperatsiya asosida echkichilikni rivojlantirish loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi. Ispaniyadan ushbu loyiha uchun birinchi bosqichda 2 mingta echki olib kelinayotgan bo‘lib, har bir xonadonga 10 tadan tarqatilib, sut yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, har bir xonadonda ikki kishining bandligini ta’minlanishiga erishiladi. Shu bilan birga, loyihalar yuzasidan tadbirkorga tegishli tavsiyalar berildi hamda mas’ullarga tashabbuskor bilan birgalikda ishlab, mavjud muammolarini hal etishda ko‘mak ko‘rsatish vazifasi yuklandi.
Keyingi manzilda — “Yangi hayot” mahallasidagi bo‘sh binoda xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik va to‘quvchilik markazi, mebelsozlik, deraza romlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi. Mahalla “yettiligi”ning faoliyati hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axboroti tinglandi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilishlari uchun ishsiz fuqarolarning 42 nafariga tikuvchilik dastgohi, motokultivator, pishiriq pechlari hamda kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun