300 polvon kurash tushdi

Date:

Kurash haqida ko‘p va xo‘b to‘xtalganmiz. Sababki, kurash yoshlarning sevimli mashg‘uloti, o‘ynar o‘yini, vaqtini chog‘ o‘tkazib, bilagidagi kuchni charxlaydigan, yuragidagi o‘tni so‘ndiradigan xususiyatga ega. Ayni sababdan ham yoshlar hayotini kurashsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tabiatan polvon bo‘lib uyg‘ayayotgan alp o‘g‘lonlarimiz, Barchin qizlarimiz uchun tez-tez kurashlar tashkil etilib, ularning kuchi, jismoniy imkoniyatlari sinashta bo‘lib kelmoqda.
Ayni maqsadda kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Surxondaryo viloyati sport boshqarmasining yillik kalendar rejasiga asosan Boysun tumanidagi sport maktabida 2009-2010-2011-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida sportning kurash turi boyicha viloyat chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada tumanlardan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi. Musobaqada g‘olib va sovrindor boʻlgan sportchilar diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun