Yugurishda birinchi…

Date:

Yugurishning ham o‘z texnikasi bor. Buni bilish tezda manzilga yetishingizga xizmat qiladi. Aks holda oyog‘ingizni toldirib, raqiblaringizdan ortda qoldim deyavering. Ana shunday yugurishda usta yoshlar ishtirokida Kross yugurish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan sportchi yoshlar o‘zaro musobaqalashishdi.
Sportchilar belgilangan masofaga zumda yetib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Surxondaryolik yoshlar ham bo‘sh kelmadi, viloyatning Oltinsoy tumani sport maktabi sportchi-o‘quvchilari bo‘lmish Oyzira Jo‘raqulova 5 kilometr masofaqa birinchi bo‘lib finish chizig‘iga yetib kelgan bo‘lsa, Bahodir Berdiyev Bahodir 3 kilometrda 2-, Murodulloh Haydarov va Javohir Tohirovlar 3-o‘rinni egalladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun