Yangi kitoblar va qo‘llanmalar tarqatildi

Date:

Tog‘ay Murod deganda suxonning chapani va sodda, samimiy insonlarining xarakterini asarlarida chizib bera olgan yozuvchi xayolimizdan o‘tadi. Tog‘ay Murodning asarlarini o‘qimagan, qahramonlarining dardini, qayg‘usini his etmagan kitobxon kam topilsa kerak. Ana shu dard, mavzuning dolzarbligi asar yukini yanada zalvorli qilishga xizmat qilgandek bo‘ladi. Ha, Tog‘ay Murod asarlaridagi har bir qahramonni soatlab muhokama qilish, tariflash mumkin. Bu esa muallifning yutug‘i, mahorati va nodir iste’dod sohibi ekanidan dalolat beradi. Oltinsoy tumanidagi Tog‘ay Murod nomli mahallaning faollar zalida Respublika Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh xodimlari tomonidan tashkil etilgan tadbir ham ayni mavzuda boshlandi. Yangi nashrdan chiqqan kitoblar esa mahalla ahli uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.
Professsor Nodira Egamberdiyeva, Sardor Alimov va Abror Ashurovlar o‘zlarining yangi kitoblari haqida atroflicha to‘xtalib, yig‘ilganlarga ma’lumot berdilar. Yig‘ilish ishtirokchilari ham o‘z navbatida ushbu tadbir xususida fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir “Obshir” mahallasidagi 21-sonli maktabda ham davom etdi. Bu maskanda ham yangi chop etilgan kitoblar bilan tanishuv o‘ziga xos tarzda o‘tdi. Bu kitob va qo‘llanmalar har bir xonadonda bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi. Mehmonlar ushbu kitoblar hamda qo‘llanmalarni bepul taqdim etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun