Qo‘riqxonada press-tur tashkil etildi

Date:

Chor atrofimizni bezab, bahri dilimizni ochadigan tabiat, go‘zal manzaralarini qay holatda bo‘lishi, bizning unga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq. Xolbuki, hayvonot va nabotot olami bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunday ekan, ularni asrab-avaylab, foyda keltira olmasak, zarar ham bermasligimiz lozim. Sababi, biz ko‘rgan, his etgan va bahra olgan go‘zallikni bizdan keyingi avlodlar ham ko‘rishga haqli. Shunday ekan, birinchi galdagi burchimiz, ona tabiatimizni, hayvonot va nabotot olamini bus-butunligicha qoldirmoqdir. Ayni masaladagi burch va mas’uliyatli vazifalarimizni tushuntirish, qolaversa, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar uchun “Surxon” davlat qo‘riqxonasiga press-tur tashkil etildi.
Jurnalist va blogerlar dastlab qo‘riqxonaning “Shalqon” bo‘limida bo‘lib, qo‘riqxona xodimlariga yaratib berilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishdilar. Viloyatning eng so‘lim go‘shalaridan biri bo‘lmish Shalqonning go‘zal tabiat manzaralari suratga olindi. Ommaviy axborot vositalari vakillariga “Surxon” davlat qo‘riqxonasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...

Sadoqat qasamin ichishdi

Denov, Termiz, Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi harbiy qismlarda respublikaning...
KunTun
KunTun