Maqsadiga yetishdi

Date:

22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kuni, ammo, avtomobilsiz kunimizni tasavvur eta olmaymiz. Shuni ham unutmslik kerakki, uzog‘imizni yaqin qiladigan bu avto ulovlarimizdan chiqadigan gaz va tutun ekologiya va o‘zimiz uchun qanchalar zarar. Ayni shu jihatni hisobga olgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti hamkonlikda sana munosabati bilan Termiz shahrida yurish marafoni hamda plogging aksiyasini o‘tkazdilar.
Aksiyada dastlab tadbir ishtirokchilariga sananing ekologik ahamiyati, atmosfera havosini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar, avtomobillarning atrof-muhitga ta’siri tushuntirib o‘tildi. Targ‘ibot materiallari tarqatildi. Shundan so‘ng, marafon va plogging aksiyasiga start berildi. Yoshlar va soha mutaxassislari targ‘ibor-tashviqot ishlaridan zavq olishdi. Ishtirokchilar bitta bo‘lsa ham fuqaroning fikrini o‘zgartirib, o‘z safiga qo‘sha olishdimi, demak aksiyadan ko‘zlangan maqsadga yetishdi, deyish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun