Hokim dars o‘tdi

Date:

Maktabga ilk bora qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarning ko‘zlarida hayajon va biroz hadikni sezish qiyin emas. Qo‘llaridan tutib, maktabga olib kelgan oyisi va dadasining qo‘llaridan qo‘yib yuborgisi kelmaydi. Denov tumanidagi 77-maktabida boshlangan tadbirda 1-sinf o‘quvchilarini kuzata turib, shunday fikrga kelish mumkin. Albatta, “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan boshlangan tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida sinfxonalarga kuzatilgan o‘quvchilar uchun mustaqillik saboqlari boshlandi. Maktabdagi 1-“v” sinfiga Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov kirib keldi va Mustaqillik darsini o‘tdi. Vatanimizning mustaqillikka erishishi haqidagi tafsilotlar, hurlikning qadr-qimmati-yu, vatan, unga xizmat qilmoqlikning naqadar baxt-saodat ekani haqidagi fikrlarini zanjirdek ulagan hokim jajji qorako‘zlarning e’tiborini jalb qila oldi. Birinchi saboq qiziqarli bo‘ldi. O‘z navbatida o‘quvchilar ham Vatan, ona haqida she’rlar aytib, hokim boboni qoyil qoldirdi.
Albatta, bugunning bolalarining o‘qib o‘rganishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bolajonlar esa faqat va faqat o‘qishlari, intilishlari lozim. Birinchi sinf o‘quvchilari esa “hokim bobo bizga dars o‘tdi” deya maqtanib yurishadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun