Surxondaryo viloyati hokimi boysunlik yoshlar quvonchiga sherik bo‘ldi

Date:

Surxondaryo viloyatidagi 965 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yili boshlandi va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi maktablarga jami 60 mingga yaqin bolalar 1-sinfga qabul qilinib, ularning barchasiga “Prezident sovg‘asi” yetkazib berildi.


“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida idora va tashkilotlarning mas’ul rahbarlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar xursandchiligiga sherik bo‘ldi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Pulhokim” mahallasida 620 o‘rinli, 3,2 milliard so‘mga rekonstruksiya qilingan 28-sonli maktabning yangilangan binosini foydalanishga topshirishda va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Aytish kerakki, ushbu ta’lim dargohida o‘quvchilarning quvonchi cheksiz. Yangi o‘quv yilining boshlangani bilimga chanqoq yoshlarni ruhlantirayotgan bo‘lsa, ta’lim-tarbiya olishlari uchun o‘qishni yangilangan maktabda boshlayotgani yanada quvonchli bo‘ldi. Yangi binodagi sinfxonalarda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilardan qunt va ishtiyoq bilan o‘qishlari talab etiladi.


Viloyat rahbari yangilangan maktabga 1-sinfga qabul qilingan 56 nafar o‘g‘il-qizga “Prezident sovg‘a”sini tantanali topshirdi. Shuningdek, maktab kutubxonasi uchun keltirilgan o‘qishli va qimmatli kitoblar jamlanmasi yigit-qizlarni kitobxonlikka qiziqtirishi aniq.

Oldingi sahifaHam sayohat, ham ziyorat
Keyingi sahifaHokim dars o‘tdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun