Nuroniylar dalada

Date:

Ayni mavsumda uyda dam olib yotish yaramaydi. Sababi dalada ishlar qizg‘in tus olgan. Terimchilar oq oltinni terib olishga katta ishtiyoq bilan kirishgan. Yoshlarga ibrat bo‘lish maqsadida Angor tumanidagi bir guruh otaxon va onaxonlarning tumandagi “Saidnosirxon” fermer xo‘jaligiga yordamga borishgani kutilmagan voqea bo‘ldi.
Otaxon va onaxonlar etaklarini taqqancha paxta terishga kirishdilar. Terimda faol qatnashib, barchaga namuna ko‘rsatgan nuroniylar yoshlarni yanada ruhlantirib yubordi va terim yanada jonlandi. Tashabbuskor nuroniy terimchilarning faolligini ko‘rgan tuman hokimi esa minnatdorchilik sifatida dalaga sovg‘a-salomlar bilan keldi va ularni munosib taqdirladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun