53 nafar yetakchi kompyuterli bo‘ldi

Date:

Bugun mahallalardagi yoshlar yetakchilariga katta umid bogʻlangan. Ularga bildirilayotgan ishonch ham, vakolat ham shunga yarasha. Hududdagi yoshlarning muammosini hal etish, ularning orzu-istaklari roʻyobida bir sababchi boʻlishi uchun yetakchilar barcha jihatdan qoʻllab-quvvatlanayapti.

Avvalo, ish quroling soz boʻlsa, ish unuming oz bo’lar, qabilida ularga planshetlar berilgan bo’lsa, bugun shoʻrchilik yoshlar yetakchilariga kompyuter jamlanmasi tarqatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Shoʻrchi tumanida ham yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etildi. Tumandagi 53 ta mahallada yoshlar yetakchisi faoliyat boshlab, samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Mahalla yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish natijadorlikni yanada oshiradi. Oʻtkazilayotgan tadbirlar yoshlar yetakchilarining malaka va tajribalarini boyitishga, samarali ish yuritishlariga yordam berishi shubhasiz.

E’zoza Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun