Pensiyonerlarni ishdan bo‘shatish tartibi bekor qilinadi

Date:

Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 7-bandiga ko‘ra xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi u bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga asos bo‘ladi. Bu tartibni kiritishdan maqsad, ehtimol shu yo‘l bilan tezroq yangi ish o‘rinlarini yaratish va bu haqidagi statistikani yangilash bo‘lgandir. Xodimning yoshini ro‘kach qilib, ishdan bo‘shatish adolatsiz qarorlardan biri deyish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq esa xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish endi taqiqlanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki oy muddatda Mehnat kodeksining ushbu bandini bekor qilishni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Albatta, kimlardir pensionerlar yoshlarga o‘rin bersin, desa, kimlardir pensiya yoshini (erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yosh) ro‘kach qilib, katta tajriba va malakaga ega bo‘lgan kadrlar o‘rniga hech vaqoni bilmaydiganlar kelib qolayotgani haqida gapiradi. Bu fikrlarda jon bor aslida. Ushbu qoida bekor qilinsa, xodimning yoshiga emas, qay darajada o‘z ishiga layoqatli ekanligiga e’tibor qaratiladi. Xodim keksaygani sababli o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmayaptimi, u holda uni bemalol ishdan bo‘shatish mumkin.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun