Davrani kengroq oling…

Date:

Erta tongdan so‘lim va bohavo Sangardak qo‘ynida boshlangan “Yoshlar festivali”ga har tomondan yoshlar guros-guros kela boshladi. Kimdir sportda o’zini sinab ko’raman desa, yana biri qalamini elga tanitish payida bo’layotir. Zukkolikda tengi yo’qman, degan yosh borki o’zini “Zakovat”ga urgan.

Har tomonda kuy-qo‘shiq, bir yoqda mutasaddilarning berayotgan motivatsiyasi esa yoshlar qalbidan chuqur o‘rin olayotgani ham rost. Bir-biriga jilmayishib, raqsga tushayotgan jajji iste’dodlar uchquni bugun olovlanadigan kun.  

Ushbu festival 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni qamrab olgan bo‘lib, “Besh muhim tashabbus — ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” shiori ostida tashkil etilishidan maqsad ham “Yosh kitobxon”, “Voleybol”, “Futbol” musobaqalarida yoshlarni faollikka jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ma’naviy ozuqa berishdan iboratdir.

Festival doirasida ko’plab tadbirlar rejalashtirilgan bo’lsa, shulardan biri bugun tobora ommalashib borayotgan “Zakovat” musobaqasidir. “Hokim kubogi” uchun bellashayotgan jamoalar ishtirokchilarining dilida quvonch.

Topqirlikka undovchi, tafakkur ko’lamini kengaytirishga xizmat qiluvchi bu kabi festivallarning, musobaqalarning har bir yosh hayotida o’zgacha o’rni va ahamiyati bor, albatta. Unda iste’dodlar kashf etiladi, bilimlar yuzaga chiqadi. Jur’at va donlik o’z so’zini aytadi.

Festival doirasida yoshlarning qo‘l mehnati ila tayyorlanayotgan hunarmandchilik buyumlari, ijodiy ishlari namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda...

Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli...

Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy...

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...
KunTun
KunTun