20 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat toʻplamlari yetkazildi

Date:

Prezidentimizning Qurbon hayiti munosabati bilan aholini qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli xayriya ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat bo‘yicha jami 20 ming 139 ta oilaga oziq-ovqat to‘plamlari yetkazib berildi. Shundan:

— 19 ming 562 tasi “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalar;

— 577 tasi yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur ezgu ishlarni amalga oshirish uchun jami 8 milliard 297 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Ayni paytda viloyatning barcha shahar va tumanlarida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash hamda mehr-saxovat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun