Reja 112,2 foizga bajarildi

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimiz energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar hudud energetika tizimini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Bugungi kunda filial tasarrufida 18,9 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 6 705 ta transformator punkti hamda 600 mingdan ortiq iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tizim mavjud. Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi tarmoqni kengaytirish va texnik jihatdan yangilash zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Shu maqsadda 2025-yilda 847,7 kilo-metr yangi elektr tarmoqlari qurildi, 2 097,7 kilometr tarmoq mukammal ta’mirlandi, 137 ta yangi transformator o‘rnatildi hamda 701 ta transformator punkti rekonstruksiya qilindi. Natijada elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, nosozliklar sezilarli darajada kamaydi.

Energetika sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri texnologik yo‘qotishlarni qisqartirishdir. 2025-yilda 150,2 million kVt/soat yo‘qotishni kamaytirish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 152,1 mln kVt/soat natijaga erishilib, reja 101,2 foizga bajarildi. Ayniqsa, Sherobod, Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tumanlarida olib borilgan ishlar samarali bo‘ldi. Ushbu hududlarda tarmoqlar ta’mirlanib, hisoblagichlar tizimi modernizatsiya qilindi va noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, milliardlab so‘mlik qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Natijada viloyat bo‘yicha yo‘qotishlar 14,5 foizdan 10,3 foiz-gacha kamaydi.Energiya samara-dorligini oshirish yo‘nalishida ham sezilarli natijalarga erishildi. Yil davomida 99,9 mln kVt/soat energiya tejashga erishilib, reja 112,2 foizga bajarildi.

Shuningdek, viloyatda 5570 kilometr dan ortiq tarmoq va 1813 ta transformator punktlari modernizatsiya qilindi. Quyosh panellari o‘rnatish orqali 28,3 MVt qo‘shimcha quvvat yaratilib, 127,8 million kVt/soat energiya iqtisod qilindi. Bu esa “yashil energetika” tamoyillarini keng joriy etishda muhim qadam bo‘ldi.Elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 74 ta avariya brigadasi tashkil etilib, zarur texnika va zaxira vositalari bilan ta’minlandi. 404 nafar mutaxassis ishtirokida favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, noqonuniy foyda-lanish holatlariga qarshi kurash natija-sida 3 956 iste’mol-chiga nisbatan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, milliardlab so‘mlik zarar qayta hisoblab chiqildi.

2025-yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar hudud energetika tizimini modernizatsiya qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va “yashil energetika”ni rivojlantirishda muhim natijalarni ta’minladi. Ushbu yondashuv Surxondaryo energetika tizimining barqaror va zamonaviy rivojlanish yo‘liga chiqqanini yaqqol ko‘rsatadi.

Axtam Ibragimov,

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy muvozanat

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud tizimining o‘rni beqiyosdir....

Reja 112,2 foizga bajarildi

So‘nggi yillarda mamlakatimiz energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga...

20 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat toʻplamlari yetkazildi

Prezidentimizning Qurbon hayiti munosabati bilan aholini qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat...

Qurbon hayiti ezgu amallar bilan qarshi olindi

Surxondaryo viloyatida Qurbon hayitining birinchi kuni shukronalik, bag‘rikenglik va...
KunTun
KunTun