“Tashabbusli byudjet” samara bermoqda

Date:

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi vakillari tomonidan shahardagi muhim ijtimoiy obyekt — yangi tez tibbiy yordam stansiyasi qurilishi o‘rganildi. Mazkur loyiha fuqarolar tashabbusi asosida “Tashabbusli byudjet” jarayonida g‘olib deb topilgan bo‘lib, hozirda amaliy yakuniy bosqichga yetib kelgan.

O‘rganishlar davomida binoning asosiy qurilish ishlari to‘liq yakunlangani, ayni paytda ichki pardozlash ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Barcha jarayonlar belgilangan reja va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Yangi inshoot ishga tushirilgach, tez tibbiy yordam xodimlari uchun qulay sharoit yaratiladi, eng muhimi esa aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning tezkorligi va sifati sezilarli darajada oshadi. Bu loyiha fuqarolar tashabbusining amaliy natijasi sifatida ijtimoiy sohada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun