Gʻalla ekish ishlari o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish ishlari jadal davom etmoqda. Mo‘tadil ob-havo sharoiti urug‘larning sifatli unib chiqishini ta’minlayotgani bois, dehqonlar ekin maydonlarida ish sur’atlarini yanada oshirmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz, Angor va Muzrabot tumanlarida g‘alla ekish jarayonlari bilan tanishdi. Tashrif davomida yerlarni tayyorlash, urug‘larni o‘z vaqtida va sifatli ekish, sug‘orish hamda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuvlarda hosildorlikni oshirishning eng muhim omili — urug‘larni o‘z vaqtida ekish va ularning to‘liq unib chiqishini ta’minlash ekani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan joylardagi mutasaddilarga ishlarni tizimli tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tejamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, agrotexnik talablarga qat’iy rioya etish, fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib...

1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan...

Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi...

Majolis un-naf(oyi)s

Demak, hazrat Navoiy davrida ham majlislar bo‘lgan. Shundan ruhlanib,...
KunTun
KunTun