Biznes loyihalar qoʻllab-quvvatlanadi

Date:

Salohiyatli, tadbirli, tashabbuskor yoshlarimiz koʻpchilikni tashkil etadi. Faqatgina ularni qoʻllab-quvvatlash va imkon berish kifoya. Shundan soʻng, yurtimizda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllanib, ishsizlik kabi koʻplab muammolarga yechim topiladi. Prezidentimizning joriy yil 14-fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazgan muloqotida ham “Aloqabank” yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million AQSH dollari ajratilganligi ma’lum qilingan edi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da tadbirkor yoshlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, “Aloqabank” viloyat filiali mas’ullarining yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi axborotlarini tingladi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif, tashabbus va muammolari tinglanib, ularga ko‘mak ko‘rsatish, masalalarini hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, “Aloqabank” viloyat filiali boshqaruvchisiga yoshlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va mikroqarzlar ajratilishini tezlashtirish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri, “Shodlik” mahallasida joylashgan suzish havzasi sharoitlari bilan tanishib, inshootni rekonstruksiya qilish loyiha-taklifi bilan tanishdi. Mas’ullarga ishlarni qisqa muddatlarda boshlash vazifasi topshirilib, sportchi yoshlarga zarur sharoitlarni yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun