Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Date:

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan yirik loyihalardan biri bo‘lmoqda. Quduqsoy mahallasida 50 gektar maydonda tashkil etilayotgan mazkur zona yangi investitsiyalarni jalb etish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi bandligini oshirishga qaratilgan.

Tashrif davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdim etilib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi korxonalarni ishga tushirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududni elektr energiyasi, ichimlik suvi, oqova tarmog‘i va zamonaviy yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mazkur loyiha Bandixonning sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun