Avtobus yo‘lagida harakatlansa, javobgarlik bor

Date:

Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi BHMning bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, BHMning uch baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.

Senatorlar ushbu o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Senat yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi.

Yo‘llarda tirbandlikni kamaytirish hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida jamoat transportiga ustuvorlik berish yo‘nalishida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, ular uchun alohida yo‘laklar tashkil etilishi natijasida avtobuslarning qatnovdagi oraliq intervali 2 barobarga qisqargan. Yo‘lovchilar soni 2 barobarga o‘sib, kunlik foydalanuvchilar soni 1 million yo‘lovchiga yetgan.

Biroq qonunchilikdagi bo‘shliqlar jamoat transportidan foydalanishning samaradorligini jiddiy pasayishi, qatnov muntazamligi va jamoat transportining erkin harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Shahar avtomobil yo‘llarida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar ajratilib, boshqa transport vositalarining harakati taqiqlangan bo‘lsa-da, ularning ushbu yo‘laklarda harakatlanish davom etmoqda.

Amaldagi qonunchilikda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlangan transport vositalari haydovchilari uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, haydovchilarning transport vositalarini velosiped yo‘laklari, trotuarlar hamda yashil hudud maydonlarida boshqarishi ko‘plab kuzatilmoqda va ushbu hududlarda harakat qatnashchilarining xavfsizligini ishonchli ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mebeli bambukdan

Sho‘rchi tumanidagi “Best Faxr Mebel” korxonasi ishga tushdi. Korxonada...

G‘ALABAGA HALOL YO‘L BILAN

Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahri kurash ishqibozlarini chorladi. Yuragida o‘ti,...

Futbol akademiyasi qurilmoqda

Futbolda yurtimizda yangi sahifa ochildi. Bu esa futbol ishqibozlarini...

G‘oliblar finalga chiqadi

Yoshlarning bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazish maqsadida tez-tez “Zakovat”...
KunTun
KunTun