Milliy kitobxonlik harakati yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoyish qabul qilindi.

2026-yildan boshlab har yili umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida milliy kitobxonlik harakati o‘tkaziladi. Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, dastlabki bosqich “kitobxonlikharakati.uz” platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkaziladi. Keyingi bosqichlar esa viloyat va respublika miqyosida tashkil etiladi.

Ishtirokchilar yosh toifalari bo‘yicha saralanadi. Ayniqsa, 6–8-sinf hamda 9–11-sinf o‘quvchilari uchun katta mukofotlar belgilangan. G‘oliblar 50 ming AQSH dollarigacha pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi. Shuningdek, sovrindorlar hamda qo‘shimcha nominatsiyalar g‘oliblari uchun ham yirik pul mukofotlari ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun