Jinoyatchilikka qarshi kurash — ustuvor vazifa

Date:

Surxondaryo viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentning mahallalarda xavfsizlikni mustahkamlash va “manzilli ishlash” tizimini samarali joriy etishga qaratilgan qarorlari ijrosi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir hudud kesimida vaziyat tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilandi.

Mazkur yig‘ilish aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun