“Boqiy shaharcha” xalq xizmatida

Date:

Termiz shahrida “Navro‘z” umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Bayramga qoʻshni davlatlardan ham mehmonlar tashrif buyurib, yurtdoshlarimiz quvonch-u hayajoniga sherik boʻlishmoqda. Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov va Xatlon viloyati hokimi o‘rinbosari Fayzullozoda Zarobiddin Qudrat boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi Termizdagi “Yoshlar va turizm” ko‘chasi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng “Mustaqillik” maydoni yonida joylashgan “Boqiy shaharcha” turizm majmuasi va musiqali favvoraning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Eski Termiz arxitekturasi va maketi asosida barpo etilgan bu turizm shaharchasi shaharning boy tarixi va madaniy merosini yaqindan o‘rganish imkonini yaratadi.

Tadbirda mehmonlar viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalarni va ularning sayyohlik salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini yuqori baholadi. Shuningdek, musiqali favvora shaharning yangi dam olish maskani sifatida uning ko‘rkini yanada oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...

Magistratura 1 yillik boʻladimi?

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda magistratura ta’limi ikki yo‘nalishga...

TerDUda xorijiy professorlar faoliyat boshladi

Termiz davlat universitetiga Eron Islom Respublikasidan ikki nafar professor-o‘qituvchi...

“JIYDALI”DA EZGU TASHABBUS

Qumqo‘rg‘on tumanining “Jiydali” mahallasida zamonaviy yangi to‘yxona foydalanishga topshirildi. Ochilish...
KunTun
KunTun