Sportchi qizlar peshqadam

Date:

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan para taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida sariosiyolik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sariosiyo tuman sport maktabi murabbiyi Malika Axmatova qo‘l ostida shug‘ullanayotgan Bikpulatova Zulfiya va Isomiddinova Qizlarxon musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempionati sovrindoriga aylandi.

Shuningdek, Osiyo o‘yinlariga litsenziya beruvchi saralash bahslarida Isomiddinova Qizlarxon xalqaro reyting orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bikpulatova Zulfiya barcha raqibalarini mag‘lub etib, oltin medal va Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur yutuqlar yurtimizda para sportga qaratilayotgan e’tibor hamda sariosiyolik yoshlarning salohiyati yuksalib borayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun