Chempionlar aniqlandi

Date:

Surxondaryoda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport loyihasi hamda “Hokim Olimpiadasi” doirasidagi basketbol 3×3 musobaqalari yosh sportchilarning iste’dodi va jamoaviy mahoratini namoyon etdi.

Viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasidagi bahslar murosasiz va qiziqarli kechdi. Ayniqsa, Qumqo‘rg‘on tumani sport maktabi qizlar jamoasi faol harakati, tezkor hujumlari va o‘zaro hamjihatligi bilan ajralib turib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqladi, balki yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, basketbolni ommalashtirish hamda kelajak chempionlarini kashf etishda muhim maydonga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun