500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Date:

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish hamda aholi bandligini ta’minlash bugungi kunda hududlar iqtisodiy rivojida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, dehqonchilikda innovatsion yondashuvlar va bozor talabiga mos mahsulotlar yetishtirish eksport salohiyatini oshirmoqda.

Angor tumanidagi “Hofizbek-Sirojbek” fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonda Dolbi navli tarvuz yetishtirilmoqda. Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilib, ayni paytda Rossiya davlatiga yuborilmoqda.

Fermer xo‘jaligida 10 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mavsum davomida 200 nafar ishchi band etilgan. Xo‘jalik rahbari Erkin Ro‘zimurodovning ma’lum qilishicha, joriy mavsumda 500 million so‘m daromad olish rejalashtirilgan. Shuningdek, xo‘jalikda sariq rangli ichki navlar ham yetishtirilmoqda.

Mazkur tashabbuslar Angor tumanida yer resurslaridan unumli foydalanish, eksport hajmini oshirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun