Shaxmatning vatani Hindiston emas…

Date:

Ilmiy jamoatchilik o‘rtasida shaxmat Hindistonda yaratilgan va boshqa joylarga tarqalgan, degan qarash mavjud. Chunki shaxmat donalarida tasvirlangan fil va o‘rkachli xo‘kiz kabi jonivorlar shu mamlakat hududida yashaydi. Buning ustiga, shaxmat donalari ko‘pincha fil suyagidan yasalgan. Biroq 1972-yilda arxeolog-olimlar Galina Pugachenkova va Bahodir Turgunovlar tomonidan Sho‘rchi tumanidagi qadimiy katta tepalik Dalvarzintepadagi xonadonlardan birida fil suyagidan tayyorlangan ikki shaxmat donasining topilishi ilmiy doiralarda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu shaxmat donalari ajdodlarimizning shaxmat o‘yinidek nozik san’at sir-asrorlarini qadim davrlardayoq bilganligini ko‘rsatadi.
Eng muhimi, ota-bobolarimiz turli sohalarda, jumladan, shaxmat yasashda chaturanga vatani (Hindistonda shaxmat chaturanga deb ataladi) ustalari bilan bellasha olganlar. Arxeolog Bahodir Turg‘unov tomonidan shaxmat donalari xonaning bir burchagida, loy suvoqli sahn ustida, tuproqqa qorishib ketgan holda topilgan. Ular uzoq vaqt o‘tganligidan maydalanib ketish holiga kelib qolganligidan nafis donalar maxsus suyuqliklar bilan qotirib olindi. Donalar nihoyatda mohirona ishlanib, fil donasining balandligi 2,4 santimetr, tag qismi tekis qilib yaltiratilgan, shakli to‘g‘ri turtburchakdir. Fil xartumining ustki qismi o‘yma naqsh bilan bezatilgan. O‘rkachli xo‘kiz donasi esa fildan bir oz kichikroq qilib ishlangan bo‘lib, balandligi 1,8 santimetr. Osti tekis qilib pardozlangan. Topilmalar qayd etilgan joyda Kushon saltanatining Xuvishka ismli podshosi zarb qildirgan mis tanga ham bor.
Xonadan topilgan idish-tovoqlar ham o‘sha davrga mansub. U holda shaxmat donalari yaratilgan payt milodning II asri bilan belgilanadi. Ya’ni oradan 1900 yilcha vaqt o‘tdi.
Demak, Dalvarzintepa topilmasi shaxmat tarixi xususidagi eski qarashlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi va shaxmat O‘rta Osiyoda boshqa davlatlarga nisbatan to‘rt asr ilgari (ya’ni II asrda) tarqalgan degan fikrni ilgari surish imkonini beradi. Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi hozirgi Janubiy Surxon suv ombori joyidan 32 dona qadimiy shaxmat donasining topilganligi buning yaqqol isbotidir. Bu donalar Termiz arxeologiya muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Shuningdek, Afrosiyobdan 10 donaga yaqin, Farg‘ona vodiysidagi Munchoqtepadan, Tojikistonning Xulbuk degan xarobalaridan ham xilma-xil shaxmat donalari topilgan. Bu topilmalar haqida akademik Galina Anatolevna Pugachenkova o‘zining 1978-yilda rus va frantsuz tillarida Leningrad shahrida chop etilgan “Dalvarzintepaning badiiy xazinalari” asarida yoritgan. Umuman, xulosashundan iboratki, shaxmatning vatani O‘zbekiston bo‘lishi ham mumkin, deyishga to‘la asoslar bor.

Yulduz ZOIROVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun