Tajriba o‘z so‘zini aytadi

Date:

Har bir qaysi turdagi ta’lim muassasasida faoliyat yuritishidan qat’iy nazar doimiy ravishda o‘z ustida mustaqil ishlashi, mahoratini rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot bo‘yicha izlanishlar olib borishi lozim. Zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashning birinchi qadami o‘qituvchilar uchun o‘zlarini mustahkamlash va yangi metodlarga osonlik bilan oid bo‘lgan tajribani olishidir. Bu davrga mos va so‘nggi ilm-fan muhitiga ega bo‘lishga olib keladi. Misol uchun, veb-saytlar, ilova va dasturlar, interaktiv darsliklar, onlayn ta’lim resurslari va qo‘llanmalar, videolar, vebinarlar kabi yangi texnologiyalar va resurslar orqali o‘qitishning muhitini boyitishdir.
Keyingi qadam, o‘qituvchilar o‘zlarining o‘qitish usullarini va strategiyalarini yangilash va rivojlantirishdir. Ya’ni, zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llash o‘qituvchilar uchun samarali, sifatli ta’limning asosini shakllantirishda muhimdir. “Aqliy hujum” metodidan foydalanish ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etishga imkoniyat yaratadi. Bu dars jarayonida muloqot qilish va munozara olib borish madaniyatini shakllantiradi. Ta’lim oluvchilarda esa o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki ravishda ifodalash qobiliyati, mantiqiy va tizimli fikrlash ko‘nikmasi rivojlanadi.
Xulosa qilib aytganda ta’lim-tarbiyaning maqsadi zamonaviy shaxsni shakillantirishdir.

Onarxol Amanova,
Ilyosjon Islomov,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchilari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun