Muzeyimiz eksponantlari dunyoning nufuzli ko‘rgazmalarida…

Date:

Ayrim rivojlangan davlatlarda muzey eshigi oldida uzoq navbatlar kutishadi. Sababi, muzey boy maʼnaviy ozuqa beradigan, kishi ruhini, tasavvurini kengaytiradigan joy. Xalqimizning bebaho tarixiy merosidan yoshlarimizni bahramand adigan hayotiy zaruratdir. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik, xalqimiz tarixi va buyuk ajdodlarimiz me’rosi bilan faxrlanish ruhida tarbiyalashlashda ko‘maklashish ham muzeylarning asosiy muhim vazifalaridan biridir. Muzeylar insonlarni madaniy, tarixiy va badiiy merosimiz, qadriyatlar, ilm-fan yodgorliklari xalqimizning turmush tarzi va anan’analari, san’at asarlari bilan tanishtirish bilan birga ularda vatanimizga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishga yordam berib kelmoqda.
Har yili 18-may — Xalqaro muzeylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Agar tarixga nazar solsak, ya’ni, Xalqaro muzeylar kuni butun dunyo boʻylab 1977-yilda Moskva va Leningradda ICOMning (International Council of Museums — Xalqaro muzeylar kengashi) 11-Bosh konferensiyasi kengashi boʻlib oʻtgandan buyon keng nishonlanmoqda.Yildan yilga tadbir tobora ommalashib bormoqda. 2007-yilda, yaʼni oradan 30 yil oʻtib, Xalqaro muzeylar kunida 70 ta davlat qatnashgan.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston — buyuk yodgorliklar vatanidir. Bu hududda 5 mingdan ortiq qadimshunoslik va 300 ga yaqin me’moriy yodgorliklar mavjud. Bulardan tashqari, respublikamizda 1200 dan ortiq markaziy, o‘lkashunoslik va mahalliy myzeylar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning eng yiriklari poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib, taniqli yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar hamda mashhur san’at arboblarining uy-muzeylarini tashkil etadi. Ushbu muzeylar haqiqiy xazina bo‘lib, ularning ko‘pida millatimizning uzoq o‘tmishiga daxldor bo‘lgan moddiy va madaniy yodgorliklar saqlanmoqda. Bularning hammasi xalqimizning eng qadimgi davrlardan boshlab, hozirgi kunlargacha bo‘lgan boy tarixi, noyob madaniyati va mohir hunarmandchilik sohasidagi yutuqlarini namoyon. Bu esa milliy mafkura va tafakkurini rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur hamda iftixorni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar ma’naviyatini yanada shakllantirish maqsadida mamlakatdagi barcha myzeylarda har oyning bir kuni “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi. Ushbu kuni myzeylarga o‘quvchi-talabalar va boshqa tomoshabinlar keladilar, muzey xodimlari bepul xizmat ko‘rsatadilar. Bundan tashqari, tariximizda yorqin iz qoldirgan siymolarga bag‘ishlab muzeylarda maxsus tadbirlar, “Barhayot siymolar” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmokqda.
Keyingi yillarda jahon standartlariga mos keladigan bir qancha muzeylarda Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abdulholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al Farg‘oniy, Kamoliddin Behzod, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar yoshlarni ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (1996-y.), Olimpia shon-shuhrat muzeyi (1996-y.), Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi (2002-y.), O‘zbekiston davlat san’at galereyasi (2004-y.) shuningdek, Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
Yangi muzeylarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat ko‘rsatib turgan barcha katta-kichik muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor bilan qaratilmoqda. Jumladan, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanmish Termiz Arxeologiya muzeyi 2002-yil 2-aprelda Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlash munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi.

Termiz Arxeologiya muzeyi kirish zali, 9 ta ko‘rgazma zallari, ayvon osti galereyasi, numizmatika ko‘rgazma zali, yapon olimi arxeolog Kato Kyudzoga bag‘ishlangan ko‘rgazma zali hamda muzey fondida jami 100 mingdan ortiq eksponantlar mavjud. Surxondayo viloyatidagi arxeologik tadqiqotlar tufayli bu zaminda Tosh davri 100-3 ming yilligidan boshlab XX asriga qadar mansub yodgorliklarining kashf etilishiga olib keldi.
Muzey xodimlari viloyatimizdagi barcha arxeologik xorijiy va mahalliy ekspeditsiyalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Rossiya, Chexiya, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar bajarib kelinmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki muzey eksponantlari bilan jahon mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan nufuzli ko‘rgazmalarida ishtirok etib kelmoqa. YUNESKOning tashabbusi bilan Parij shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniyat kunlari”da, Yaponiyaning Xirosima, Nogasaki va Tokio shaharlarida “Budda kunlari”da bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarda, Fransiya, Germaniya, Chexiya davlatlarida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.
Jahon svilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan yurtimiz tarixini o‘rganish maqsadida tadqiqotlar olib borish, tarixiy-madaniy yodgorliklarini ko‘z qarachig‘iday asrab avaylab, kelgusi avlodlarga yetazishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshilmoqda. Bu esa yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat va ajdodlarimizning boy tarixini chuqur anglab yetish orqali faxrlanishga hamda o‘zida kelajakda shijoatli bo‘lib yetishishga kuch va mustahkam iroda bag‘ishlayapti desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi

G.Chubalova,
Termiz Arxeologiya muzeyi ilmiy xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun