Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida

Date:

Tashabbus ko‘plarni ergashtira olsa, yoshlarni ezgulikka, ijodga chorlashi, mahorat va iqtidorlarni yuzaga chiqarsagina, u to‘g‘ri yo‘lga boshlagan bo‘ladi. Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi ham ana shunday ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayni tashabbus bilan talabalar oʻrtasida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.


Rassomchilikda iqtidori va iste’dodi bor yoshlar ishtirok etgan tanlov tabiat qo‘ynida, ochiq havoda o‘tkazildi. Bunday sharoitda ilhomning, zavq-u shavqning o‘zi kelishi rost ekan. Sababi, yosh rassomlar qo‘llariga qalam tutib oq qog‘oz qarshisida zumda ijodga sho‘ng‘idilar. Ular asosan portret janrida ijod qilib, milliy obrazlarni yaratishdi. Chizgilar va ranglar uygʻunlik kasb etgan suratlarda milliy ruh, o‘zbek qiyofalari ko‘rinish berdi.


Tanlov natijalariga koʻra, Sarvinoz Boltayeva va Moxichehra Abdurahmonova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs)lar 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun