Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Date:

Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Matbuot uyida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar, subsidiya va intellektual mulk sohasi, viloyat yuridik texnikumiga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish masalalarga to‘xtalib o‘tildi.


Matbuot anjumaniga viloyatimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Bojxona boshqarmasi hamda ichki ishlar tizimida joriy yilning o‘tgan birinchi choragida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Shuningdek, viloyat yuridik texnikumiga 2023-2024-o‘quv yili qabul parametrlari, texnikum faoliyati haqida ham qisqacha axborot berildi.


Birgina davlat xizmatlari yo‘nalishini oladigan bo‘lsak, viloyatimizning barcha hududlarida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qator qulayliklar yaratilib, bugun aholining ham murojaat madaniyati asta-sekin yuksalmoqda. O‘z navbatida, davlat xizmatlari tizimining hayotga tatbiq etilishi natijasida hujjatbozlik, navbat kutishlar, ortiqcha ovoragarchilik, tanish-bilishchilik kabi illatlarga chek qo‘yildi. Joriy yilning birinchi choragida aholiga 18 755 ta, sayyor uchrashuvlarda 6 957 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga erishilgan. Shuningdek, 5 657 ta yangi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatishda adolat va shaffoflikni ta’minlashda soha mutaxassislari tomonidan 126 marotaba sirli mijoz hamda reyd tadbirlari tashkil etilib, aniqlangan holat va kamchiliklarni bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilagan.


Ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari mavzusida Termiz davlat universiteti psixologi Go‘zal Qayumova atroflicha ma’lumot berib, universitet qoshida tashkil etilgan psixologik markazi psixologlari joylarda targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari tashkil etib, xotin-qizlar va bolalar muammolari bilan ishlar olib borilayotganiga to‘xtalib o‘tdi. Kelgusida viloyatimizda xotin-qizlar va bolalar muammolari bilan ishlaydigan psixologik markaz ochish rejalashtirilganligiga ham to‘xtaldi. Quvonarlisi, viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan birinchi chorakda Sherobod anori va Jarqo‘rg‘on tandiri brend mahsulot sifatida intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Matbuot anjumani savol-javoblarga boy bo‘lib, tinglovchilar berilgan ma’lumotlar bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun